1-Renessans

Barcha sharq va g'arb olimlarining e'tirof qilishlaricha, Yevropada 15-17 asrlar orasida yuzaga kelgan Birinchi Renessans yurtimizda undan bir necha yuz yil avval, yani IX-XI asrlarda ro'y bergan. Uch katta yuksalishning sodir bo'lishining o'z tarixiy sabablari bor, albatta. Chunki, ushbu davrda davlat taraqqiyoti uchun juda muhim bo'lgan yangi islohotlar va qonunlar joriy etildi, yer-suv, qo'shnichilik munosabatlaridan soliqlargacha tub yangilanishlar sodir bo'ldi. Davlat yuritishdagi va siyosatdagi yangiliklar ilm-fan kishilarini ezgu g'oyalar tevaragida birlashtirdi, turli-tuman fanlarga, ayniqsa matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziya qiziqish kuchaydi va dunyo tuzilishi haqidagi zamonaviy nazariyalarga aynan o'sha davrda asos solindi. Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Maxmud Koshg‘ariy, Maxmud Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy, Abul Muin kabi ajdodlarimiz , serqirra iste'dod sohiblari bo'lishlari bilan bir qatorda, o'z fanlari bo'yicha butun olamga ustozlik maqomiga erishdilar.