O’zi renessans so’zi lug’atda uyg’onish, yuksalish degan ma’noga dalolat qilib, istelohda ma’lum bir davlatning taraqqiy etishini, har taraflama yetuk ekanligini bildiradi. Bu maqolada oldin o’tgan ikki renessansni sababchilari, omillari va natijalari haqida to’хtalib o’tishni iroda etmadik. Zero, bu haqida qayerdan ma’lumot qidirmang misli yo’q darajada faktlar , dalillar va ma’lumotlarga duch kelishingiz ayni haqiqat. Endi bevosita uchinchi renessans tufayli sodir bo’layotgan o’zgarishlarga to’xtalsak. Bugungi kunda 3-renessans har jabhada o’z mevasini berishni boshladi. Qaysi sohani olmang albatta katta islohotlar ketmoqda. Biz yoshlar uchun imkoniyatlar eshigi shunchalik ochiqki, buni e’tirof etmaslik – katta xatodir! Birgina “Besh Tashabbus” loyihasini namuna qilib oladigan bo’lsak, qanchadan-qancha yoshlarni jamiyatning turli sohalarida – kitobxonlik, sport, san’at – bir umum maqsad ortida birlashtirdi. O’zim shaxsan qatnashib guvohi bo’lgan “ 1 million uzbek coders” bepul innovatsion platformasini Axborot Texnologiyalari (IT) sohasida O’zbekistonda bo’layotgan taraqqiyotga yorqin misol qilib olishimiz mumkin.